
«Yuventus» yarimhimoyachisi Blez Matyuidi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu uni ijobiy ma’noda hayratga solayotganini aytib o‘tdi.
«Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan keyin va uning ertasiga Krishtianudan tashqari hammamiz mutlaqo holdan toygan edik. «Yuventus»ga kelganidan buyon telbalarcha qattiq mehnat qilyapti. U hammamizdan ko‘proq ishlayapti. Menga shunday qilmasa bo‘lmasligini aytgan edi.
Mana nima uchun 33 yoshida ham u barchamiz uchun namuna bo‘lib, bizga qo‘shimcha rag‘bat bag‘ishlayapti. Uning ta’siri faqat hafta davomidagi mehnati bilangina cheklanib qolmagan. U 90 daqiqa davomida ham juda muhim rolni bajaradi. Jamoa o‘yinini yaxshilash uchun boshqalar qila olmaydigan ishlar uning qo‘lidan keladi.

Uning yonida hamma o‘zini kuchliroq sezadi. Bu borada u – lider», – deb aytib o‘tgan Matyuidining so‘zlarini keltirib o‘tdi RMC Sport.
Manba: tribuna.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar