date

O‘FF “Yilning eng yaxshi futbolchisi” uchun ovozlarni qabul qilishni davom ettirmoqda

O‘FF “Yilning eng yaxshi futbolchisi” uchun ovozlarni qabul qilishni davom ettirmoqda

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi 2014 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo‘yicha respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan so‘rovnoma jarayoni davom etayotganini ma’lum qiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

2015 yilning 10 yanvar kunigacha o‘tkaziladigan so‘rovnomada O‘zbekiston va chet eldagi OAVda ishlaydigan jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlari ishtirok etishlari mumkin. Texnik xodimlar (rejissyor, operator va hk) so‘rovnomada ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, futbol klublari va terma jamoalarning matbuot kotiblari ham ovoz berish jarayonida qatnashmaydi.

Futbol klublarining matbuot xizmati ham ovoz berish huquqiga ega. Bunda matbuot xizmati xodimlar sonidan qat’iy nazar bitta ovozga ega bo‘ladi va unda shaxs nomi emas, klub matbuot xizmati ovoz egasi sifatida ko‘rsatiladi. Klub matbuot xizmatida ishlaydigan xodim boshqa OAV nomidan ovoz bera olmaydi.

Har bir jurnalist 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga qo‘yib chiqadi. Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominasiya hisoblanib) umumiy ballar yig‘indisiga qarab aniqlanadi. Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish asnosida murabbiy va futbolchining yil davomidagi faoliyatiga nazar tashlanadi.

Ishtirokchi O‘zbekiston va xorijda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar, O‘zbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik murabbiylargagina ovoz berishlari mumkin. O‘zbekiston ligasida o‘ynaydigan o‘zbekistonlik bo‘lmagan xorijlik legionerlar so‘rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Ovoz beruvchi to‘rtta asosiy kriteriyaga rioya qilishi kerak: yil davomidagi individual va jamoaviy ravishdagi yutuqlari; iste’dod, iqtidor va Fair Play; karera; shaxsiyati va uning boshqalarga ta’siri. Futbolchi va murabbiylar uchun berilgan ovozlar quyidagi tartibda hisoblanadi: 1-o‘rin uchun – 3 ball; 2-o‘rin uchun – 2 ball; 3-o‘rin uchun – 1 ball.

OAV xodimlari o‘z ovozlarini O‘FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga (media@the-uff.com), shuningdek faks orqali jo‘natishlari mumkin. Ovoz berish jarayoni 10 yanvar kuni soat 12:00da yopiladi.

Ovozlar quyidagi manzilga jo‘natiladi:
Email: media@the-uff.com
Faks: +99871 – 244-16-83
Toshkent, 100011, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 98A-uy
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘FF “Yilning eng yaxshi futbolchisi” uchun ovozlarni qabul qilishni davom ettirmoqda