Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Yuventus» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Yuventus Stedium»da kechgan bahsda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yin kutilganidek mezbonlarning ustunligida boshlandi va tanaffusgacha ikki tomonda ham bir qator yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi.
Ikkinchi bo‘limni ikkala tomon ham faol boshladi. Mezbonlar 65-daqiqaga kelib o‘z maqsadlariga yetdilar. Maydon markazidan uzatilgan to‘pga Krishtianu Ronaldu to‘xtatmasdan zarba berdi va chiroyli golga muallif bo‘ldi.
Ushbu goldan so‘ng turinliklar yanada jonlanishdi va raqib darvozasi oldida birin-ketin xavfli vaziyatlarni sodir etdilar.
Joze Mourinyu esa o‘zgarishlar orqali o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirishga urindi. Bu esa o‘z samarasini berdi: 86-daqiqada Xuan Mata jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib, muvozanatni tikladi.
90-daqiqada mehmonlar g‘alaba to‘pini kiritishdi: jarimadan uzatilgan to‘pga Maruan Fellayni boshi bilan zarba berdi, uni darvozabon qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to‘p Aleks Sandroga tegib darvozadan joy oldi.
Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. «Yuventus» (9); 2. «MYu» (7); 3. «Valensiya» (5); 4. «Yang Boyz» (1).
YeChL, 4-tur
Yuventus Italiya – Manchester Yunayted Angliya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro.
Yuventus – Shchensnы, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Bardzali, 83), Kellini, Xedira (Matyuidi, 61), Pyanich, Bentankur, Kuadrado (Mandjukich, 90), Dibala, Ronaldu.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Reshford, 70), Errera (Mata, 79), Sanches (Fellayni, 79), Pogba, Marsyal, Matich.
Ogohlantirishlar: Matich (12), Aleks Sandro (55), Dibala (75), Errera (75).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni