Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Bugun musobaqada +109 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi. Unda yurtimiz sharafini Rustam Jangabayev himoya qildi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 202 kg natija ko‘rsatdi va to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Siltab ko‘tarishda esa 245 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ikkikurash yakuniga ko‘ra 447 kg natija ko‘rsatgan Rustam bu borada ham bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa Turkmanistondagi jahon chempionati yakunlandi. Terma jamoamiz vakillari musobaqa davomida 1ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Jumladan Akbar Jo‘rayev 102 kg vaznda dast ko‘tarishda oltin medal, 67 kg vaznda Doston Yoqubov siltab ko‘tarishda kumush medal, Ruslan Nurudinov 109 kg vaznda siltab ko‘tarishda bronza medalga ega bo‘lgan edi.
O‘zbekistonlik polvonlar 12 noyabr kuni soat 7:00da yurtimizga qaytib keladilar. Ularni «Janubiy» vokzalda tantanali kutib olish marosimi o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi