Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Betis» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Ektor Firpo mezbonlar jarima maydoniga yorib kirdi va darvozani aniq nishonga oldi. 34-daqiqada Xoakin Sanches jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.
68-daqiqada Lionel Messi penaltini aniq bajarib, hisobni qisqartirdi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Jovani Lo Chelso jamoasining uchinchi golini urdi.
79-daqiqada Arturro Vidal jarima maydoniga uzatilgan to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga aniq yo‘naltirdi. Bu orada katalonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi: Ivan Rakitich ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.
Bundan unumli foydalangan mehmonlar to‘rtinchi golni urishdi. Firponing uzatmasini Serxio Kanales darvozaga to‘g‘irlab yuborib, golga aylantirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda mezbonlar hisobni qisqartirishdi: chiroyli kombinatsiyasini Messi yakunlab berdi. Biroq qolgan daqiqalar hisobni tenglashtirishga yetmadi.
Shu tariqa, «Barselona» mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada peshqadamlikni saqlab turibdi. Ko‘k-anorranglilar hisobida 24 ochko bor. «Betis» esa 16 ochko bilan 12 o‘rinda bormoqda.
La Liga, 12-tur
Barselona – Betis 3:4 (0:2, 3:2)
Gollar: 0:1 – 20 Firpo, 0:2 – 34 Sanches, 1:2 – 68, penalti Messi, 1:3 – 71 Lo Chelso, 2:3 – 79 Vidal, 2:4 – 83 Kanales, 3:4 – 90 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Rakitich, Buskets (Alenya, 69), Artur (Vidal, 46), Malkom (Munir, 57), Messi, Suares.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo, Mandi, Sanches (Kanales, 62), Lo Chelso (Inui, 87), Vilyam Karvalyu, Guardado, Telo, Moron (Leon, 76).
Ogohlantirishlar: Guardado (24), Rakitich (44), Buskets (59), Mandi (69), Vidal (73).
Chetlatish: Rakitich (81).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi