
Italiya chempionatining 12-turida «Atalanta» o‘z maydonida «Inter» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda maydon egalari yirik 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yinda hisob 8-daqiqadayoq ochildi. Gol muallifi «Atalanta» himoyachisi Xans Xatenburg. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakun topdi. Ikkinchi bo‘limning boshida bosh hakam maydon egalari darvozasi tomon penalti belgiladi va uni «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi aniq amalga oshirdi. 62-daqiqada Janluka Manchini jamoasini yana oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida «Atalanta» himoyachisi Berat Jimsiti va Alexandro Gomes bittadan to‘p kiritib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Italiya chempionati 12-tur
«Atalanta» – «Inter» 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 8 Xatebur, 1:1 – 47, penalti Ikardi, 2:1 – 62 Manchini, 3:1 – 88 Gimshiti, 4:1 – 90 Gomes.
«Atalanta» – Berisha, Gosens, Toloi (Kastan, 56), Gimshiti, Xatebur, Ilichich, de Ron, Gomes, Froyler, Manchini, Sapata (Pashalich, 71).
«Inter» – Xandanovich, D`Ambrozio, Miranda (Vrsalko, 71), Shkrinyar, Asamoa, Perishich, Vesino (Valero, 46), Brozovich, Galyardini, Politano (Keyta Balde, 66), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Vesino (25), Brozovich (35), Shkrinyar (41), Xatebur (69), Galyardini (76), de Ron (77), Gomes (79).
Cheltatish: Brozovich (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar