
Madridning "Real" klubi tarkibni kuchaytirish uchun qishki transferlar uchun 200 million yevro sarflashi mumkin. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.
Ayni damda “qirollik klubi”ning davralar oralig‘ida amalga oshirishni rejalashtirgan 3ta transferi ma’lum. Bular "Espanol" himoyachisi Mario Ermoso, "River Pleyt" yarim himoyachisi Esekel Palasios va "Santos" yarim himoyachisi Rodrigo Goeslardir.
Eslatib o‘tamiz, “Real” joriy mavsumni judayam omadsiz boshlagan va natijada bu bosh murabbiy Xulen Lopetegining iste’fosi bilan yakun topgan edi. Santyago Solari boshchilik qilayotgan jamoa esa ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar