«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar Fransiyada o‘zini baxtiyor his qilmayapti va u sobiq klubi «Barselona»ga qaytishni istamoqda.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar klubiga qaytishi orqali klubdagi muammolar hal bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.
«Barselona» ham Neymarni qabul qilishga tayyor, ammo u o‘zi tashabbus ko‘rsatishini istashmoqda. Bu klub direktori Pep Seguraning bayonotida ham ko‘rinadi.
Birinchidan, kataloniyaliklar forvard rasman klubni tark etganidan afsusdaligini bildirib, muxlislar bilan aloqani yaxshilashi zarur.
Ikkinchidan, Neymar maoshi kamayishiga rozilik bildirishi kerak bo‘ladi, «Barselona» hozirda unga «PSJ»dagi kabi maosh to‘lay olmaydi.
Shu bilan birga, matbuotda Neymarning «Barselona» yetakchisi Lionel Messi bilan munosabati sovuqligi borasida ham yozilmoqda.
Ayni paytda boshqa bir nashr – Mundo Deportivo tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 26 yoshli hujumchiga da’vogarlik qilib kelgan «Real» bu borada o‘z fikridan qaytgan. «Qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres dastlab uni asosiy xarid maqsadi sifatida ko‘rgan, ammo bir tomondan Neymarning Madridga kelishini istamayotgan klub muxlislari, ikkinchi tomondan unga «Barsa»ning ham qiziqayotgani rahbarning hafsalasini pir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan, o‘tgan yilning yozida rekord qiymatda – 222 mln yevroga «PSJ»ga transfer qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi