
Ehtimol an’anaviy himoyalanish bilan «Manchester Siti» qilayotgan ishlarda farq bordir, ammo Pep Gvardiola buning uddasidan chiqmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida uni «eng yaxshi hujumkor murabbiy bo‘lish bilan birga, eng yaxshi himoyaviy murabbiy ham» deya ta’riflashdi.
Kataloniyalik murabbiy himoyalanishni o‘zining asosiy g‘oyasi qilib olmagan bo‘lsada, faqatgina bir necha murabbiylar bunga erisha olgan. «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi bu mavsumda ushbu jabhada ham katta muvaffaqiyatlarga erisha olganini ko‘rsatmoqda.
Ehtimol an’anaviy himoyalanish bilan «Manchester Siti» qilayotgan ishlarda farq bordir, ammo Pep Gvardiola buning uddasidan chiqmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida uni «eng yaxshi hujumkor murabbiy bo‘lish bilan birga, eng yaxshi himoyaviy murabbiy ham» deya ta’riflashdi.
Uning o‘zi himoyalanish uslubi haqida tushuntirib berdi: «odatda chuqurroq himoyalansangiz, siz yaxshiroq himoyalanasiz. Bizdagi yondashuvdan farqi, biz ancha yuqorirroq himoyalanamiz. Bunda himoya chizig‘ining ortida keng bo‘sh zonalar bo‘ladi. Yaxshi yoki yomon himoyalanayotganingizni anglash biroz murakkab bo‘ladi.»
Buni 18 oy oldin «Monako»ga qarshi uchrashuvda boshlab bergan edi. O‘shanda, u jamoasi ikki gollik farqni saqlab qolish uchun himoyaga yotib olmaslikni, aksincha uni yanada oshirish kerakligini ta’kidlagandi. Bunga jamoasini majbur qilgandi.
Bu esa ko‘pchilikda himoyalanish o‘zi nimaligini bilishga yana bir marta qiziqtirgandi. Chuqurroq himoyalanish, pleymeykerlarga halaqit berish, har bir zarbaning yo‘liga o‘zini otib bartaraf qilish – bu biz bilgan himoyalanishning an’anaviy uslubi hisoblanadi.
«Shaharliklar» bunga qarshi chiqib oldinga intildi va «Monako»ga yakunda yutqazib qo‘ydi. Gvardiolaning ushbu yondashuvi unga bo‘lgan ishonchni shubha ostiga qo‘ydi va «yaxshi o‘ylab chiqilmagan» tamg‘asi yopishtirildi.
«Manchester Siti»ning Chempionlar Ligasidan chiqib ketishi uning «idealist yondashuvi» tufayli sodir bo‘lgani haqida jar solindi.
Agarda u o‘shanda bundan voz kechganida chorak final to‘sig‘idan o‘tgan bo‘lardi, ammo ular hozirgi holatiga kelmagan ham bo‘lardi. Uning jamoasi ayni vaqtda ko‘rsatayotgan o‘yinlariga bir nazar tashlang-a.
Ular hozirda Angliyaning eng zo‘r jamoasi bo‘lib turibdi. Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, klubning nafaqat hujumkorligi balki himoya chizig‘i ham ancha mustahkam.
Jamoa bu mavsumda Premer Liga doirasida atigi 5 ta gol o‘tkazib yuborgan. «Liverpul»da ham shuncha. Yevropaning kuchli beshlik jamoalaridan birortasi ulardan kamroq gol o‘tkazib yubormagan.
1 Ligada «Pari Sen-Jermen» 13, Italiya giganti «Yuventus»da bu raqam 8, «Atletiko»da ham shunchani tashkil qiladi.
«Shaharliklar»ning ochiq o‘yin paytida o‘tkazib yuborgan goli uzoq 1-sentyabrga to‘g‘ri keladi.
Ammo ularni bir qaraganda «himoyaviy jamoa» deb bo‘lmaydi. Chuqurroq himoyalanish va to‘pni raqibga berish Gvardiolaga yot xususiyatlar hisoblanadi. Raqib joylashgan tomonda himoyalanadigan jamoani “himoyaviy” deb bo‘ladimi? Gvardiolaning shogirdlari aynan shu tariqa himoyalanadi.
«Biz klubda doim futbolchilarni agarda to‘p bizning darvozamizdan imkon qadar uzoqda bo‘lsa biz xavfsizroq bo‘lishimizga ishonaman va bunga ularni ham ishontirishga harakat qilyapman. Bunday o‘ynash ancha, ancha yaxshiroq» – deydi «Bavariya»ning sobiq ustozi o‘z uslubini tushuntirarkan.
«To‘p darvozamizga yaqin bo‘lgan paytda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hamma narsa. Burchak zarbasi, jarima zarbasi, follar ishlatasiz, iqtidorli futbolchilar burchak zarbasidan ham gol urib ketaverishi mumkin» – deya qo‘shimcha qiladi.
Aytishga oson, shundaymi? Gvardiola bularning barchasini kashf qilishning uddasidan chiqa oldi. U murabbiy bo‘lganidan beri yuqoriroqda himoyalanish g‘oyasi unga tinchlik bermay keladi.
Bu ham albatta himoyalanishning yangicha uslubi, ammo biz bilgan himoyalanish emas. Hozirda uning Angliyadagi faoliyati ham o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun qulay imkoniyatga aylanib bo‘ldi.
Erkinjon G‘aybullayev
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar