
Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov 6 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi ma’lum qildi.
“Professional boksdagi to‘rtinchi jangim Kaliforniya shtatining Indio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha raqib kim bo‘lishi noma’lum bo‘lib turibdi. Promouterlarim bu borada muzokaralar olib borishmoqda. Raqib aniq bo‘lgach, bu haqida ma’lumot beramiz“, – degan Jalolov.
Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 3ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uchala jangida ham raqiblarini muddatidan oldin nokautga uchratgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar