08:25 / 01.12.2018
4 270

Boks Olimpiada-2020 dasturidan chiqarib tashlanishi mumkin

Boks Olimpiada-2020 dasturidan chiqarib tashlanishi mumkin
AIBA (Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi) ustidan surishtiruv boshlagan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 olimpiadasida boks musobaqalari o‘tkazilishini shubha ostiga qo‘ymoqda deb yozadi "Xabar" nashri.

XOQ Tokio olimpiadasida boks o‘yinlari o‘tkazilish rejasini bekor qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berilgan.

Ushbu qaror moliyalashtirilishi va noshaffof boshqaruv tizimi borasida muammolar bor AIBA (Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi) ustidan surishtiruv boshlanishi munosabati bilan qabul qilindi. Tashkilot AIBA prezidenti G‘afur Rahimov AQSh moliya vazirligining sanksiyalar ro‘yxatiga tushganidan xavotirda. XOQ rahbariyati bu holat Olimpiada mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan.

HOQ Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari tashkilotchilariga AIBA bilan aloqaga chiqishni taqiqladi, shuningdek, chiptalarni sotish va o‘yinlarni o‘tkazish jadvallarini tuzish to‘xtatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks Olimpiada-2020 dasturidan chiqarib tashlanishi mumkin