
«Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. Bu haqda «Lozanna» safida to‘p suruvchi o‘g‘li Enso Zidan aytib o‘tdi.
«Otam futbolni va murabbiylik sohasini yaxshi ko‘radi, bu barchaga ayon.
U tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytadigan ko‘rinadi. Ammo u hozirda dam olmoqda, unga xordiq kerak.
«Real» boshqaruvidagi davri ajoyib bo‘ldi, ammo undan ko‘p narsani kutishgandi. Otam ko‘p ishladi, shu sabab, u ayni damda tiklanmoqda», – deydi Enso.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar