
«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Luka Modrich «Oltin to‘p»-2018 sovriniga ega chiqdi.
Xorvatiyalik futbolchi ushbu sovrin uchun kurashda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Atletiko» forvardi Antuan Grizmannlarni ortda qoldirgan.
O‘tgan mavsum 33 yoshli futbolchi «Real» safida ketma-ket uchinchi marta YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, JCh-2018 musobaqasida jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi va o‘sha turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Modrich avgust oxirida UYeFA tomonidan 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Keyinchalik unga sentyabrda FIFA tomonidan «The Best» sovrini topshirilgandi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar