Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov bugun o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tarildi.
AQShning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi «Industry Hills Expo Center» majmuasida o‘tkazilgan jangda Jalolovga amerikalik Valentin Markes raqiblik qildi.
Bahodir Jalolov jangning birinchi raundidayoq Markesni nokautga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi.
Qayd etish keraakki, avvaliga Bahodir Jalolovning to‘rtinchi jangi 6 dekabr kuni o‘tkazilishi kerak edi, ammo uning raqibi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagach, jang bekor qilingandi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik bu bokschining proffessional ringda o‘tkazgan janglari soni to‘rttaga yetdi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Valentin esa prof ringda 10ta jang o‘tkazgan. Beshta jangda g‘alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 5ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bahodir Jalolovga qarshi bahsda u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi