
Argentinaning "River Pleyt" klubi Libertadores kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Jamoa Madrid shahridagi "Santyago Bernabeu" stadionida "Boka Xuniors"ga qarshi o‘tkazilgan bahsda 3-1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 44-daqiqasida "Boka Xuniors" futbolchisi Benedetto hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Pratto hisobni tenglashtirdi. 102-daqiqaga kelib esa Kintero himoyadagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni 2-1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalariga kelib burchak zarbasidan keyingi qarshi hujumdan unumli foydalangan Martines hisobni yakuniy ko‘rinishga olib keldi: 3-1.
"River Pleyt" o‘z tarixida to‘rtinchi marotaba ushbu turnirdagi g‘alabasini nishonlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar