
Ispaniya Segundasida ishtirok etuvchi «Reus» klubi futbolchilari maosh bo‘yicha qarzlar uzilmagani tufayli, «Kordoba»ga qarshi o‘yindan oldin, yoppasiga jamoani tark etdilar.
«Reus» sardori Xesus Olmo vaziyatga quyidagicha izoh berdi.
«Vaziyat chidab bo‘lmas darajada og‘irlashib ketdi. Shu tufayli, shartnomada mavjud bo‘lgan banddan foydalanib, klubni tark etishga qaror qildik. 26 oktyabrgacha maosh berilishi aytilgandi, ammo klub va’dasining ustidan chiqmadi. Bunday sharoitda, boshqacha yo‘l tutolmasdik», — dedi Olmo.
Ayni paytda, «Reus» Segunda jadvalida 22 ta jamoa ichida 20-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar