17:00 / 16.12.2018
2 668

Mourino «uyi»dagi notinchlikka kim sababchi?

Mourino «uyi»dagi notinchlikka kim sababchi?
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi juma kungi intervyusida futbol jamoalarini uyga qiyosladi. Uning jamoasi esa u kutgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. «Liverpul»ga qarshi bugungi o‘yin oldidan Mourino qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Joze Mourino «qizil iblislar»dagi faoliyati davomida ikki yarim yildan oshiq vaqt davomida shahardan tashqaridagi uyida istiqomat qilmoqda. Ammo uning «virtual uyi» barbod bo‘lishga yaqin turibdi.

«Futbol jamoasi uyga o‘xshaydi, ammo uy faqatgina jihoz sotib olish degani emas» – dedi portugaliyalik murabbiy «Enfild»dagi o‘yin oldidan bergan intervyusida. «Siz avval uyingizda ishlashingiz kerak, qachonki uy tayyor bo‘lganida jihozlarni sotib olishingiz mumkin. Eng yaxshi jihozga pul sarflasangiz, ajoyib uyda yashashga erishasiz» – degan «o‘zgacha» o‘ziga xos tarzda.

«Liverpul» 2018-yilda jamoani kuchaytirish uchun Virgil Van Deyk, Alisson Beker, Nabi Keyta, Xerdan Shakiri va Fabinolarni olib kelgan vaqtda Mourinoning markaziy himoyani kuchaytirish bo‘yicha takliflari klub rahbariyati tomonidan qoniqtirilmadi va ishlar hozirda ko‘ngildagidek kechmayapti.

«Manchester Yunayted» Aleksis Sanches, Po Pogba, Romelu Lukaku, Antoni Marsyal va Markus Rjshford kabi sifatli hujumkor futbolchilarga ega bo‘lishiga qaramay, uning jamoasi Rojdestvo arafasida hamon tartibli harakat qila olganicha yo‘q.

Portugaliyalik mutaxassis eng yaxshi futbolchilaridan maksimal tarzda foyda ololmayapti va 29 yilda birinchi bor «Liverpul»dan 16 ochko ortda qolgan holda safar uyushtirmoqda.

Uning klubni uyga o‘xshatishi «Liverpul»ga ham tegishli. Mersisaydliklar kuchli transferlarni amalga oshirganiga qaramay, hali birorta sovrin yutib olganicha yo‘q. Ular Yurgen Klopp qo‘li ostida faqatgina chiroyli hujumkor o‘yin namoyish qilishmoqda.

Mouning shogirdlari hafta o‘rtasida Chempionlar Ligasining so‘nggi turida «Valensiya»ga uyutirgan safaridan 2-1 hisobidagi natijasiga qaramay ular «H guruhi»da birinchilikni qo‘lga kirita olmaganidan keyin murabbiy tarkibidagi birorta futbolchiga ishonmasligini aytdi.

«Hech narsa meni hayron qoldirmadi. Men bu o‘yindan biror nima o‘rganganim yo‘q» – dedi Ispaniyadagi o‘yindan keyin.

«Men futbolchilarimdan ko‘proq narsani kutgandim, siz mendan «ular nega o‘ynamadi», «ular nega asosiy tarkibdan boshlamadi» deb so‘raysiz.”

«Bu o‘ynash uchun yaxshi o‘yin edi. Hech qanday bosimsiz, hamma o‘ynashni istaydigan musobaqada. Oxirida men qilishni istamagan tegishli o‘zgartirishlar qilganimdan keyin jamoamning o‘yini kuchaydi.»

Uning gaplari u hech kimga ishonmasligini, «Mestalya»dagi o‘yin o‘zini ko‘rsatish imkoniyati ekanligini anglatadi. Biroq so‘nggi turga safar uyushtirmagan David De Xea va Nemanya Matichlar bundan xoli. De Xea va Matichlardan tashqari yana uch futbolchiga dam berishni istagandi. Eshli Yang, Jesse Lingard va Reshfordlarga Mourino dam berishni istagandi. Biroq chorshanba kuni ular baribir maydonga tushirildi. Demak, qolganlarga murabbiyda ishonch yo‘q.

Xuan Mata ham ba’zan shunday futbolchiga aylanadi. Tayanch yarim himoyasiga qo‘shimcha kuchga ehtiyoj sezilganida Ander Errera ham kerakli. Yoki so‘nggi 10 daqiqada hisobni ushlab qolish uchun maydonga tushiriladigan Maruan Fellayni.

Pogba esa allaqachon Mourino uchun «istalmagan shaxs»ga aylanib qolgan. Sanches esa jarohatidan keyin muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti.

Lukakuning gol urish qobiliyati yo‘qolib borgani sari u ham chetda qolib ketmoqda. Aytish joizki aynan u chorshanba kungi o‘yin MYu ehtiyoj sezgan ikki golga hissa qo‘shdi.

Demak, Mourino noqulay vaziyatda turibdi. Uning tarkibi kuchli futbolchilarga to‘la bo‘lishiga qaramay ulardan maksimal foyda olishning uddasidan chiqa olmayapti. Ehtimol, yanvarda ham klub rahbariyati birorta transferga qo‘l urmas. Yozda murabbiy himoya chizig‘ini eng ojiz nuqta deb atagandi. Muammo aftidan qolgan chiziqlarda ham borga o‘xshaydi.

Agarda Mourinoning kuzatuvlarida jon bo‘lsa, ushbu tarkibga birorta futbolchi olib kelish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

«Manchester Yunayted» so‘nggi bir necha transfer bozorlarida “uyi”ning oldingi qatorini mustahkamlab oldi. Biroq orqa chiziqni to‘sib turadigan tom yetishmayapti. Mourino buning yo‘lini qidirib topishi kerak. Ana shundagina klub xo‘jayinlari boshqa birortasini jamoaga olib kelishi kerak.

Mourino o‘z «uyi»da tartib o‘rnatib olishi kerak. Bu ishni tezroq bajarishga majbur. Aks holda, uning o‘zi «uy»dan quvilishi mumkin.

Erkinjon G‘aybullayev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino «uyi»dagi notinchlikka kim sababchi?