«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi, mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsherga qishki transferlar uchun katta mablag‘ ajratiladi.
Mirror nashri xabar tarqatishicha, norvegiyalik mutaxassis yanvarda tarkibni kuchaytirish uchun 50 million funt (55 million yevro) oladi.
Qayd etilishicha, qishki transferlar chog‘ida «Manchester Yunayted» markaziy himoyachi va o‘ng qanot yarimhimoyachisini sotib olishni ko‘zlamoqda. Bu nuqtalarga asosiy da’vogarlar - Tobi Alderveyreld («Tottenhem») va Duglas Kosta («Yuventus»).
Shuningdek, «Napoli» himoyachisi Xolid Kulibali, «Portu» himoyachisi Eder Militao ham manchesterliklar nishonidagi futbolchilar sanalishadi.
«MYu» Angliya chempionatida 17 turda atigi 7 g‘alabaga erishdi va ayni vaqtda chempionat peshqadami «Liverpul»dan 19 ochko ortda qolgan holda 26 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan. Qoniqarsiz natijalar tufayli rahbariyat Joze Mourinoni ishdan bo‘shatdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi