07:27 / 23.12.2018
4 259

Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi qachon e’lon qilinadi?

Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi qachon e’lon qilinadi?
5 yanvar kuni BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi rasman start oladi. Bir qator terma jamoalar ushbu turnir uchun kengaytirilgan va yakuniy tarkiblarini e’lon qilib borishmoqda.

Osiyo Kubogi reglamentiga binoan har bir terma jamoa musobaqaga qadar kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qilishi lozim. Kengaytirilgan ro‘yxatda kamida 18, maksimum 50 nafar futbolchi bo‘lishi kerak.

Yakuniy ro‘yxat esa o‘sha jamoaning Osiyo Kubogidagi birinchi o‘yinidan 10 kun avval e’lon qilinishi shart. Yakuniy ro‘yxatda kamida 18, maksimum 23 nafar futbolchi bo‘lishi kerak. Ulardan 3 nafari darvozabon bo‘lishi shart.

Agar yakuniy ro‘yxatdan joy olgan futbolchi jiddiy jarohat olsa uni o‘sha jamoaning Osiyo Kubogidagi birinchi o‘yini boshlanishiga 6 soat qolgunicha boshqa futbolchi bilan almashtirish mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Ummonga qarshi o‘tkazadi. Demak, Ektor Kuper uzog‘i bilan 31 dekabr kuni yakuniy ro‘yxatni e’lon qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi qachon e’lon qilinadi?