"Paxtakor" Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan

"Paxtakor" Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan
Superliga yakunlanganiga ham ancha bo‘ldi. Tabiiyki futbolchi va murabbiylarning ham jamoa bilan tuzgan shartnomalari tugagan yoki dekabrning oxirlarida yakunlanadi.

Ayni paytda ko‘pchilikni qiziqtirgan savol - “PaxtakorShota Arveladze bilan shartnomasini uzaytiradimi? Chunki klub rahbariyati o‘tgan yili yozda gruziyalik mutaxassis bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangandi. Bu yil esa tomonlarning o‘zaro imzolagan bitimi tugaydi.

Ammo hozircha klub tomonidan shartnoma uzaytirildi yoki Arveladze bilan kelishuv yakunlandi degan xabarlar yangramayapti. Ammo SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Paxtakor” klubi rahbariyati Arveladze bilan shartnomani uzaytirgan. Taxminlarga ko‘ra bu kelishuv bir yilga uzaytirilgan. Ammo klub bu borada xabar tarqatmadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar