
France Football nashri 2018 yilning eng yaxshi fransuz futbolchisi nomini ma’lum qildi.
Bu nomga «PSJ» klubi va Fransiya termasi hujumchisi Kilian Mbappe loyiq ko‘rildi. Ovoz berish maxsus hakamlar hay’ati orqali tashkil qilindi. Unda asosan bu sovrinning avvalgi lauriyatlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe France Football tomonidan tashkil qilingan marosimda yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritgan, shuningdek «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar