3 346
Azamat Abduraimov: "Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutib qolamiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ayni paytda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini boshqarayotgan Azamat Abduraimov Osiyo Kubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
- Avvalambor, kirib kelayotgan yangi 2019 yil barchaga - futbolchilarga, murabbiylarga va muxlislarga omadli kelishini tilab qolaman. O‘zbekiston milliy terma jamoasidan esa yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida chiroyli o‘yin kutib qolamiz. Umid qilib qolamizki, milliy terma jamoamiz qit’aning eng nufuzli musobaqasida chiroyli, kombinatsion, hujumkor o‘yin namoyish qilib, barchamizni xursand qiladi.
Terma jamoamizni ayni paytda juda tajribali, futbol olamida katta obro‘ga ega murabbiy boshqarmoqda. Futbolchilarimiz ushbu murabbiy qo‘lostida yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarila olishlariga ishonchim komil. Terma jamoamiz asta-sekin shakllanib boryapti. Oldinda katta musobaqalar kutib turibdi. Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etib, keyin esa eng muhimi - Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashishimizga tilakdoshman, - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi