Italiya chempionatining 18-turi doirasida «Atalanta» Turinning «Yuventus» klubini qabul qildi. Bergamodagi «Atleti Adzurri» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘yinning 2-daqiqasidayoq turinliklar oldinga chiqib olishdi — «Atalanta» himoyachisi Berat Jimsiti o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 24-daqiqada mezbonlar Duvan Sapataning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. 53-daqiqada uchrashuv bosh hakami «Yuventus» yarimhimoyachisi Rodrigo Bentankurga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi va mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Uch daqiqa o‘tib Sapata dublni rasmiylashtirdi.
65-daqiqada mehmonlar ustozi Massimiliano Allegri Krishtianu Ronalduni o‘yinga tashladi va portugaliyalik hujumchi 78-daqiqada «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golni urdi.
Bu natijadan keyin «Yuventus» ochkolari sonini 50taga yetkazdi va Italiya chempionati turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettirdi. «Atalanta» 25 ochko bilan — A Seriya turnir jadvalining yettinchi o‘rnida joylashgan.
«Milan» safarda «Frozinone» bilan o‘ynadi. Bahsda har ikkala jamoada yaxshi vaziyatlar bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Bu natijadan so‘ng, «Milan» qatorasiga 4ta o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti va gol urolmayapti. Jamoa 28 ochko bilan 5-o‘rinda, «Frozinone» esa 10 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
18-tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Latsio» «Bolonya» ustidan g‘alabaga erishdi (2:0), «Fiorentina» «Parma»ga yutqazdi (0:1), «Kalyari» «Jenoa»ni mag‘lub etdi (1:0), «Sampdoriya» esa «Kevo» ustidan g‘alaba qozondi (2:0).
Italiya chempionati
18-tur
Atalanta – Yuventus 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 2, avtogol Gimshiti, 1:1 – 24 Sapata, 2:1 – 56 Sapata, 2:2 – 78 Ronaldu.
Atalanta – Berisha, Xatebur, Gimshiti, Masello (Barrou, 86), Kastan, Ilichich (Pessina, 77), Pashalich (Gosens, 67), Gomes, Froyler, Manchini, Sapata.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Kellini, De Shilo, Aleks Sandro, Bentankur, Djan, Xedira (Ronaldu, 65), Duglas Kosta (Pyanich, 57), Dibala, Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Bentankur (18), Sapata (29), Manchini (32), Kellini (38), Xatebur (59), Mandjukich (62), Froyler (90).
Chetlatish: Bentankur (53).
Frozinone – Milan 0:0
Frozinone – Sportello, Goldaniga, Ariaudo (Salamon, 76), Krayns, Gilone (Dzampano, 74), Chibsa, Krisetig, Begetto, Mayello, Chiano, Pinamonti (Chiofani, 80).
Milan – Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya (Konti, 74), Romanoli, Kessie, Bakayoko, Chalxanoglu, Kastilexo (Laksalt, 74), Kutrone, Iguain.
Ogohlantirishlar: Donnarumma (37), Gilone (41), Krisetig (54).
Bolonya – Latsio 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30 Luis Felipe, 0:2 – 89 Lulich.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Xelander, Mattello (Orsolini, 61), Kalabrezi, Svanberg, Poli (Destro, 83), Nad, Kreychi, Okvonkvo (Palasio, 65), Santander.
Latsio – Strakosha, Acherbi, Radu, Marushich, Luis Felipe, Milinkovich-Savich (Lukaku, 74), Lulich, Korrea (Parolo, 67), Leyva, Luis Alberto, Kaysedo (Immobile, 61).
Ogohlantirishlar: Kalabrezi (45), Palasio (81).
Kalyari – Jenoa 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Farias.
Kalyari – Krano, Pizakane, Cheppitelli, Srna, Farago, Chigarini (Bradarich, 87), Padoin, Barella, Joao Pedro (Ionitse, 16), Pavoletti, Farias (Sau, 74).
Jenoa – Radu, Biraski, Romero (Favilli, 66), Krishito, Pedru Pereyra, Xilemark (Velozu, 77), Sandro (Kuame, 46), Bessa, Rolon, Lazovich, Pentek.
Ogohlantirishlar: Romero (1), Rolon (41), Farias (45), Farago (65), Chigarini (75), Pentek (82).
Fiorentina – Parma 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Ingleze.
Fiorentina – Lafon, Petsselya, Biragi, Milenkovich (Lorini, 40), Vitor Ugo, Fernandesh (Chekkerini, 69), Veretu, Pyatsa, Benassi (Jerson, 54), Keza, Simeone.
Parma – Sepe, Yakoponi, Galolo, Gatssola, Bastoni, Rigoni (Barilla, 75), Shtulats (Skotssarella, 46), Biabiani, Deyola, Siligardi (Jervino, 87), Ingleze.
Ogohlantirishlar: Milenkovich (13), Rigoni (18), Petsselya (31), Lorini (40), Biabiani (74), Jerson (88), Ingleze (89), Deyola (90).
Chetlatish: Vitor Ugo (65).
Sampdoriya – Kevo 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 47 Kualyarella, 2:0 – 59 Ramires.
Sampdoriya – Audero, Andersen, Murru, Sala, Kolli, Saponara (Ramires, 46), Ekdal, Linetti, Prat (Yankto, 87), Kaprari (Defrel, 75), Kualyarella.
Kevo – Sorrentino, Sesar, Barba, Yaroshinski (Depaoli, 66), Bani, Kiyine (Jakkerini, 71), Obi (Xetemay, 15), Radovanovich, Medjorini, Stempinski, Leris.
Ogohlantirishlar: Andersen (56), Sesar (74), Ramires (84). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?