date
views 3 950

Messi Ronaldu bilan avvalgi raqobati haqida gapirdi

Messi Ronaldu bilan avvalgi raqobati haqida gapirdi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu «Real»da to‘p surgan vaqtda ular o‘rtasida kuzatilgan raqobatga baho berdi.

«Ronaldu bilan raqobatimiz muxlislar uchun juda ajoyib va qiziqarli bo‘lgan edi», - dedi Messi Marca nashri bilan suhbatda.

Intervyuda Leo futbolni sevishi, ammo uning uchun oila birinchi o‘rinda turishini ham ta’kidlab o‘tgan. U «Oltin to‘p» uchun so‘rovnomada beshinchi o‘rinni olgani haqida shunday deydi: «Nomzodlar haqida eshitgandim va da’vogarlar orasida emasligimni bilardim».

Eslatib o‘tamiz, shu oyda Krishtianu ham Messi bilan raqobati haqida gapirgandi, argentinalik hamkasbini A Seriyada ko‘rish istagi borligini bildirgandi.

«Messini sog‘indimmi? Yo‘q, ehtimol u meni sog‘ingandir! Men Angliyada, Ispaniya va Italiyada, Portugaliyada va terma jamoada o‘ynab chiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men unga ko‘proq kerakdirman», – deya ta’kidlagandi Ronaldu.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi Ronaldu bilan avvalgi raqobati haqida gapirdi