date
views 2 981

Anchelotti: "Keyingi safar maydonni tashlab chiqib ketishga va texnik mag‘lubiyatga tayyormiz"

Anchelotti: "Keyingi safar maydonni tashlab chiqib ketishga va texnik mag‘lubiyatga tayyormiz"
«Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Inter»ga qarshi o‘yin haqida (0:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Kalidu Kulibalining qizil kartochkasi va o‘yindagi irqchilik ruhidagi hayqiriqlarga izoh berdi.

Neapolliklar himochisi 80-daqiqada hakamning qaroridan so‘ng unga istehzoli tarzda qarsak chaldi, buning natijasida qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Ta’kidlash joiz, Kulibaliga o‘yin davomida tribunadan irqchilik ruhidagi hayqiriqlar yangrab turdi.

«G‘alati atomosferaga guvoh bo‘ldik. Biz hakamdan uch bor o‘yinni to‘xtatishini so‘radik. Uch marta suxandon stadionga murojaat qildi. Kulibali juda g‘azabda edi. Odatda u juda bosiq va professional futbolchi. Biz uch marta biror chora ko‘rishlarini so‘radik, ammo o‘yin davom etaverdi.
Bizga o‘yin to‘xtatilishi mumkinligini aytishdi, biroq qachon? To‘rt-besh marta stadionga murojaat qilgandan keyinmi?

Balki keyingi safar ishni o‘z qo‘limizga olib, maydonni tark etishimiz kerakdir. Bizga texnik mag‘lubiyat yozishadi, ammo biz bunga tayyormiz. Bu Italiya futboli uchun yomon», – deydi Anchelotti.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti: "Keyingi safar maydonni tashlab chiqib ketishga va texnik mag‘lubiyatga tayyormiz"
-->