
«Chonbuk Xyonde Motors» klubi futbolchisi, Janubiy Koreya milliy jamoasining afsonaviy hujumchisi Li Don Guk O‘zbekiston termasining bugungi avlodi haqida fikr bildirdi.
«Osiyo kubogida hammani ajablantirishi mumkin bo‘lgan terma - O‘zbekiston. Ular birga o‘sdilar, yoshlikdan yelkama-yelka o‘ynab kelganlar, ularning bir-birlarini o‘zaro yaxshi tushunishlari ko‘p jamoalar uchun xavfli bo‘lishi mumkin», - dedi Li Don Guk Osiyo kubogi rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Li Don Guk yana qo‘shimcha qildiki, u o‘zbekistonliklarning o‘yinini oxirgi Osiyo o‘yinlarida kuzatgan va juda yaxshi taassurot olgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Hamyurtlarimiz hal qiluvchi golni 118-daqiqada penaltidan o‘tkazib yuborgandilar. Shu yilning 20 noyabr kuni Janubiy Koreya termasi Avstraliyada o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston milliy jamoasini 4:0 hisobida yutgandi.
Manba: interfutbol.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar