
«Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi «Yuventus» klubini Yevropa chempionlar ligasining joriy mavsumdagi asosiy favoritlar qatoriga kirishini aytib o‘tdi.
- Chempionlar ligasida guruh bosqich ortda qoldi. Qaysi jamoasi sizga ko‘proq yoqdi: «Yuventus», «Man Siti», «PSJ»?
- Men «PSJ» ning ko‘p o‘yinlarini ko‘rmadim, chunki biz ular bilan bir kunda o‘ynadik. Lekin ushbu klubda to‘p suradigan futbolchilarni bilaman va Fransiya chempionatidagi o‘yinlarini kuzatib boraman.
«Yuventus» - kuchli jamoa. Ronalduning kelganiga qadar ham shunday edi, lekin u bilan klub yanada kuchli bo‘ldi. Ular YeChL g‘olib bo‘lish uchun jiddiy da’vogar hisoblanadi.
«Man Siti» - juda ham yorqin jamoa, klubda yuqori darajali futbolchilar jamlangan. «Bavariya» yana yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda. Bitta jamoani alohida olib aytish qiyin, chunki bu chempionlar ligasi», - deydi Messi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar