3 371
Ravshan Haydarov: "Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyat – yilning eng yorqin g‘alabasidir"
Xabaringiz bor, kecha «O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi»da «Milliy sport mukofoti-2018» tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekistonda sport sohasida ilk marotaba tashkil etilgan ushbu kechada 17 yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi. «Yilning eng yaxshi sport jamoasi» nominatsiyasida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 futbol terma jamoasi taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimiz yanvar oyida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgandilar.
«Bu yil terma jamoamiz tarixda ilk marotaba yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi va xalqimizga ajoyib bayramni taqdim etdi. Fikrimcha, bu – yilning eng yorqin g‘alabasidir. Biz albatta davlatning g‘amxo‘rligi, qo‘llab-quvvatlashi orqali mana shunday muvaffaqiyatga erishdik. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar sportiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ishonamanki, ular kelajakda o‘z muvaffaqiyatlari bilan bizni xursand qila oladilar. Ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘lish yoqimli bo‘ldi. Mazkur sport bayrami, shuningdek mukofot uchun Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiraman. Bunday e’tibor bizni yanada ruhlantiradi», – dedi Ravshan Haydarov.
Manba: www.olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi