00:35 / 30.12.2018
3 155

«Napoli» autsayder ustidan irodali g‘alabaga erishdi

«Napoli» autsayder ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Italiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan «Napoli» – «Bolonya» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «San-Paolo» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

15-daqiqada Arkadiush Milik neapolliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 37-daqiqaga kelib Santander hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Milik jamoasining ikkinchi golini urdi.

Biroq 80-daqiqada mehmonlar Larangeyraning golidan so‘ng yana muvozanatni tiklashdi. Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda Dris Mertens so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Napoli»ga uch ochko taqdim etdi.

Shu tariqa, Karlo Anchelotti shogirdlari 44 ochko bilan peshqadam «Yuventus»ni ta’qib etishda davom etmoqdalar. «Bolonya» (13) esa 18-pog‘onada bormoqda.

A Seriya, 19-tur

Napoli – Bolonya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar:
1:0 – 15 Milik, 1:1 – 37 Santander, 2:1 – 51 Milik, 2:2 – 80 Larangeyra, 3:2 – 88 Mertens.

Napoli – Meret, Albiol, Gulyam (Mariu Ruy, 68), Malkyui, Maksimovich, Zelinski, Allan, Verdi (Fabian Ruis, 58), Kalexon (Una, 83), Mertens, Milik.
Bolonya – Skorupski, De Mayo, Larangeyra, Deyks, Xelander, Svanberg (Nad, 71), Poli (Orsolini, 79), Pulgar, Mattello, Santander (Falchinelli, 42), Palasio.
Ogohlantirishlar: Pulgar (24), De Mayo (46), Malkyui (80), Allan (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Napoli» autsayder ustidan irodali g‘alabaga erishdi