21:35 / 30.12.2018
3 146

«Manchester Siti» mehmonda «Sautgempton»ni mag‘lub etdi

«Manchester Siti» mehmonda «Sautgempton»ni mag‘lub etdi
Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Sautgempton» – «Manchester Siti» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Sent-Meris»da kechgan bahsda mehmonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq David Silva mankunianlarni oldinga olib chiqdi. Biroq 37-daqiqada mezbonlar Per-Emil Xeybregning aniq zarbasidan so‘ng muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida mehmonlar yana oldinga chiqib olishdi, Uord-Prouz o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Serxio Aguero jamoasining uchinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘lim ham mehmonlarning ustunligida o‘tdi. Buning ustiga 85-daqiqada Xeybreg qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari ochkolarini 47 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytishdi.
APL, 20-tur
Sautgempton – Manchester Siti 1:3
Gollar:
0:1 – 10 Silva, 1:1 – 37 Xeyberg, 1:2 – 45, avtogol Uord-Prouz, 1:3 – 45 Aguero.
Sautgempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Targett, Remzi, Lemina (Redmond, 46), Romeu (Valeri, 59), Xeyberg, Elyunussi, Uord-Prouz, Ostin (Long, 68).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Danilo, Zinchenko, Silva, Fernandino (Uoker, 86), Marez (Sane, 84), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 73).
Ogohlantirishlar: Aguero (32), Ostin (58), Kompani (72), Bednarek (73), Danilo (78).
Chetlatish: Xeyberg (85).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» mehmonda «Sautgempton»ni mag‘lub etdi