Allegri: "Ronaldu kelgach jamoamizda nimalardir o‘zgardi"

Allegri: "Ronaldu kelgach jamoamizda nimalardir o‘zgardi"
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning kelishi jamoaga qanday ta’sir qilgani haqida aytib o‘tdi.

“Krishtianu – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ronaldu kelgach jamoamizda nimalardir o‘zgarganini sezyapmiz. Ammo, biz Yevropada g‘olib chiqishimiz uchun ruhan yaxshi tayyorlanishimiz kerak. Ungacha esa Italiya chempionati va kubogida yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak”, - deydi Allegri.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” ayni damda A Seriyada yakka peshqadamlik qilmoqda. Ronaldu esa 14 ta gol bilan to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar