
Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal» – «Real» Madrid qoldirilgan uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Estadio de la Seramika»da bo‘lib o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.
Uchrashuvni mezbonlar tezkor gol bilan boshlashdi, 4-daqiqada Santi Kasorla madridliklar himoyasidagi bo‘shliqdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Biroq madridliklar bu golga tezda javob qaytarishdi, Lukas Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni havolatib markazga uzatdi, u yerda Karim Benzema boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.
20-daqiqada «Real» futbolchilari standart vaziyatdanunumli foydalanishdi, Toni Kroosning jarima maydoniga uzatgan to‘pini Rafael Varan boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.
82-daqiqada Kasorla Kurtua oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, dublini nishonladi.
Shu tariqa, «Real» ochkolarini 30taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘rinda qoldi. «Vilyarreal» (16) esa 18-pog‘onada bormoqda.
La Liga, 17-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Kasorla, 1:1 – 7 Benzema, 1:2 – 20 Varan, 2:2 – 82 Kasorla.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Layyun, Ruis, Fornals, Xavi Fuego (Trigeros, 82), Chukvueze, Kaseres (Toko-Ekambi, 63), Kasorla, Moreno (Bakka, 68).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 64), Kazemiro, Vaskes, Kroos (Vinisius Junior, 86), Beyl (Isko, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (41), Alvaro Gonsales (45), Ramos (89), Kosta (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar