Ertaga Osiyo kubogi-2019 musobaqasida B guruhi jamoalari ham kurashga qo‘shiladilar. Turnirning amaldagi g‘olibi - Avstraliya terma jamoasi ilk turda Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda "yashil qit’a" vakillari bosh murabbiyi Grem Arnold ishtirok etdi.
"Biz to‘rt yil oldin o‘z uyimizda g‘olib chiqqan edik. Ammo ortda qolgan 4 yil davomida ko‘p narsa o‘zgardi: jamoada ham, uning atrofida ham, xatto odamlarning shaxsiy hayotida ham.
Albatta, bu juda ham yorqin xotiralar, ammo biz bor e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratganmiz. Biz o‘tmishni ortga qaytara olmaymiz va oldimizda Osiyo kubogi turibdi. Futbolchilarim bilan yangi shou boshlash vaqti keldi. Har kim bu haqda uzoq gapiradi. Biz bunga yaxshi tayyorlandik va tayyormiz ham", - dedi Arnold. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y