15:15 / 07.01.2019
3 219

Ilk iste’fo, tailandliklar bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Ilk iste’fo, tailandliklar bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Osiyo Kubogida A guruhida ishtirok etayotgan Tailand terma jamoasi birinchi turda Hindiston terma jamoasidan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan (1:4) keyin bosh murabbiy Milovan Rayevatsni iste’foga chiqardi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar qilingan.

Endilikda serbiyalik mutaxassis o‘rnida uning assistenti Sirisak Yodyathai turnir yakunigacha vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.

Milovan Rayevats 2017 yilning aprelida Kiatsisak Senamuang o‘rniga Tailand terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va terma jamoa uning boshqaruvida 2007 yildan beri ilk marta Osiyo Kubogiga yo‘llanma olgandi.

Ayni vaqtda 65 yoshda bo‘lgan Rayevats o‘z faoliyatida turli yillarda Gana (2008-2010), Qatar (2011) va Jazoir (2016) terma jamoalarida faoliyat ko‘rsatgan. U JAR maydonlarida bo‘lib o‘tgan 2010 yilgi jahon chempionatida Gana terma jamoasi bilan chorak finalga chiqqan va Urugvayga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilk iste’fo, tailandliklar bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi