
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko “Yuventus”ni bu mavsum Chempionlar ligasida gʻolib chiqishga asosiy daʼvogar deb aytdi.
- “Yuventus” bu mavsum Chempionlar ligasini qoʻlga kiritishi mumkinmi?
- Albatta mumkin. Ustiga-ustak Ronaldu ham shu yerda. “Yuventus”ga aynan mana shunday futbolchi yetishmayotgan edi. Men har doim Krishtianuning muxlisi boʻlganman. Ronaldu juda ham isteʼdodli va mehnatsevar futbolchi.
Toʻgʻri, “Yuventus” avval ham kuchli boʻlgan. Biroq, hozirda ushbu jamoa Chempionlar ligasi gʻolibligi uchun favorit hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, “Yuventus” musobaqaning 1/8 final bosqichida “Atletiko” Madridga qarshi kurash olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar