Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston - O‘zbekiston (0:4) uchrashuvidan keyin Javohir Sidiqov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun hisob yirik ko‘rinish olgani bilan oson o‘yin bo‘ldi deb aytmagan bo‘lardim. Chunki Osiyo Kubogiga kuchsiz jamoalar kelmagan. O‘yinda birinchi va ikkinchi gollarni tezkor ravishda kiritganimiz tufayli raqiblarimiz biroz tushkunlikka tushib qolishdi. Natijada 1-taymning o‘zida hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi. Turkmanistonlik futbolchilar Yaponiyaga qarshi o‘yinda katta kuch yo‘qotganlari sababli ham ular tezda tiklana olishmagan shekilli.
O‘yindan oldin sheriklarim bugun gol urishimni aytishgan edi, mana gol urdim. Milliy terma jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman. Gol urilgan vaziyatda oyog‘im darvoza ustuniga tegdi. Hozir barchasi yaxshi, o‘zimni yaxshi his qilyapman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi