
Angliya chempionati 22-tur markaziy o‘yinida “Manchester Yunayted” jamoasi safarda “Tottenxem” futbolchilari bilan bahslashdi.
Markus Reshford tomonidan kiritilgan yagona gol mankunianlarga ketma-ket 5-g‘alabani keltirdi.
Mazkur bellashuvda “MYu” posboni David De Xea asosiy qahramon bo‘ldi. Ispaniyalik darvozabon raqib tomonidan yo‘llangan 11 zarbani qaytarishni uddasidan chiqdi va jamoasining muhim g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.
Bundan tashqari, De Xea APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi. O‘tkazilgan 22 tur davomida hech bir darvozabon 11 ta seyvni amalga oshirishni uddasidan chiqmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar