
Angliya Kubogi 1/32 finalidan o‘rin olgan oxirgi o‘yin o‘tkazildi.
Chempionship vakili «Derbi» safarda APL ishtirokchisi «Sauthempton» bilan bellashdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 2:2 hisobida yakunlangan edi. Penaltilar seriyasida «Derbi» 5:3 hisobida raqibdan ustun keldi.
Avvalroq, Angliya Kubogining 1/16 final bosqichi qur’asi o‘tkazilgan edi.
Angliya Kubogi 1/16 final
Arsenal — Manchester Yunayted
Manchester Siti — Byornli
Chelsi — Sheffild Uensdey
Kristal Pelas — Tottenhem
Milluoll — Everton
Nyukasl — Uotford
Akkrington Stenli — Derbi Kaunti
Shrusberi Taun — Vulverhempton
Brayton — Vest Bromvich
Bristol Siti — Bolton Uonderers
Donkaster Rovers — Oldhem Atletik
Portsmut — KPR
Midlsbro — Nyuport Kaunti
Barnet — Brentford
Suonsi — Jillingem
Uimbldon — Vest Hem
O‘yinlar 25 - 28 yanvar kunlari o‘tkaziladi. Agar bahs durang natija bilan tugasa, takroriy o‘yin mehmonlar maydonida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar