20:16 / 18.01.2019
3 736

Bugun Nyu-Yorkda Fazliddin G‘oibnazarov ringga chiqadi (foto)

Bugun Nyu-Yorkda Fazliddin G‘oibnazarov ringga chiqadi (foto)
Kecha Nyu-York shahrida bugun bo‘lib o‘tadigan boks janglaridan oldin vazn tortish marosimi o‘tkazildi.
Boks oqshomining asosiy qarama-qarshiligida super og‘ir vazn toifasining IBF International va WBO NABO chempionlik kamarlari sohibi 34 amerikalik Brayant Jennings boks bo‘yicha Kolumbiya terma jamoasi sobiq a’zosi hamda 2008 yilgi Olimpiada chempioni 31 yoshli Oskar Rivasga qarshi o‘tkazadi.

Jahon chempionligi tituliga sobiq da’vogar Brayant 225,25 funt (102 kg) vazn to‘plagan bo‘lsa, uning raqibi 234 funt (106 kg) tosh bosdi.

Shuningdek, ushbu boks kechasining yana bir to‘qnashuvida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga ko‘tariladi. U bu jangga qadar 141,5 funt / 64,1 kg vaznga ega bo‘lgan bo‘lsa, raqibi Rikardo Garsiya 142 funt / 64,4 kg undan biroz ozgina og‘irroq chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Nyu-Yorkda Fazliddin G‘oibnazarov ringga chiqadi (foto)