
21 yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuv Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh yordam berishadi.
Darvoza ortida qatarlik Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf ishlaydi. To‘rtinchi hakam Deniya Gedara Palita - Shri-Lankadan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar