10:24 / 20.01.2019
3 138

La Liga. “Real” “Sevilya”ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi

La Liga. “Real” “Sevilya”ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi
19 yanvar, shanba kuni futbol boʻyicha Ispaniya La Ligasining 20-turi doirasida navbatdagi oʻyin boʻlib oʻtdi.
Madridning “Real” klubi oʻz maydonida Pablo Machin boshliq “Sevilya” jamoasi bilan bellashdi va 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Barcha gollar uchrashuvning 2-boʻlimida urildi. 78-daqiqada “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro raqib darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, oʻyinning 90+2-daqiqasiga kelib Luka Modrich andalusiyaliklarning xatosidan unumli foydalandi va gʻalabani mustahkamladi (2:0).

Shu tariqa “Real” “Sevilya” darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, muhim gʻalabaga erishdi.
Maʼlumot uchun, madridliklar musobaqa jadvalida 36 ochko toʻplab, 3-oʻrinda bormoqda. “Sevilya”ning hisobida esa 33 ochko mavjud (4-oʻrin).
La Liga
20-tur bahslari

18 yanvar, juma
“Xetafe”—“Alaves” 4:0
Gollar:
1:0 — 33 Mata, 2:0 — 46 Molina, 3:0 — 55 Molina, 4:0 — 88 Mata.

19 yanvar, shanba
“Real”—“Sevilya” 2:0
Gollar:
1:0 – 78 Kazemiro, 2:0 – 90 Modrich.
“Real”: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro, Sebalos (Valverde, 88), Vaskes (Isko, 77), Benzema, Junior.
“Sevilya”: Vaslik, Karriso, Ker, Gomes, Navas, Sarabiya, Banega, Vaskes, Eskudero Palomo (Gil, 86), Ben Yedder (Promes, 71), Silva (Al-Haddodiy, 75).
Ogohlantirishlar: Karriso (30), Banega (54), Kasemiro (61), Sebalos (65), Ker (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Real” “Sevilya”ni qiyinchilik bilan magʻlub etdi