
Bugun futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Unda Yaponiya terma jamoasi Qatar termasi bilan musoboqa chempionligi uchun kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya yarim finalda Eron terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda arablar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, finalga yo‘l olgandi.
Qatar terma jamaosi esa musobaqa mezboni BAA termasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini naqd qilgandi.
Ma’lumot uchun, final bahsini o‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqaradi.
Osiyo Kubogi—2019
1 fevral, juma
Final bahsi
Yaponiya—Qatar 19:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar