
Ispaniya primerosi 22-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Valensiya» o‘rtasidagi o‘yin o‘z poyoniga yetdi.
«Kamp Nou» stadionida kechgan bahs 2:2 hisobida o‘z poyoniga yetdi. 24-daqiqada Kevir Gameyro mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. 32-daqiqaga kelib, «Valensiya» penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va zarbani Parexo aniq amalga oshirdi.
Oradan ko‘p o‘tmay «Barselona» ham penalti ishladi va Lionel Messi hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda tabiiyki, mezbonlar katta kuchni hujumga tashladi va 64-daqiqada yana o‘sha Leoning mahorati ularni mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
LA LIGA. 22-TUR
BARSELONA – VALENSIYa - 2:2 (1:2)
2 fevral, 22:30. «Kamp Nou» 76 789 tomoshabin.
Gollar: 0:1 – 24 Gameyro, 0:2 – 32, penalti Parexo, 1:2 – 39, penalti Messi, 2:2 – 64 Messi.
Barselona: ter Stegen, Pike, Serdji Roberto, Nelson Semedu (Alba, 46), Vermalen, Alenya (Artur, 66), Rakitich, Vidal, Koutino (Malkom, 84), Messi, Suares.
Valensiya: Neto, Garay, Toni Lato, Pichchini, Gabriel, Vass, Koklen (Kondogbia, 72), Parexo, Cherыshev, Rodrigo (Santi Mina, 79), Gameyro (Ferran Torres, 40).
Ogohlantirishlar: Serdji Roberto (31), Rakitich (45), Alba (90).
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar