“Yuventus” Italiya A Seriyasining 23-turida “Parma” bilan oʻyinda ochko yoʻqotdi. Turinda boʻlib oʻtgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Oʻyinning 36-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 62-daqiqada Daniele Rugani mezbonlarning ustunligini oshirdi, ammo ikki daqiqa oʻtib Antonio Barilla hisobni qisqartirdi. Yana ikki daqiqa oʻtib esa Ronaldu turinliklarni yana oldinga boshladi, ammo maydon egalari gʻalabani saqlab qola olishmadi. Oʻyin oxirida “Parma” hujumchisi Jervinoning gollari yakuniy hisobni taʼminladi. Afrikalik hujumchi hal qiluvchi golni oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda urdi.
“Yuventus” 22 turdan keyin 60 ochko bilan A Seriya turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. Ammo bu turda “Sampdoriya” ustidan gʻalaba qozongan “Napoli” oradagi farqni 9 taga qisqartirgan.
Qayd etish kerakki, Turin klubi qatorasiga ikkinchi oʻyinda gʻalaba qozona olmayapti va qatorasiga ikkinchi oʻyinda 3ta gol oʻtkazib yubordi. Biroz oldinroq “Yuventus” Italiya Kubogi doirasida “Atalanta”ga 0:3 hisobida magʻlub boʻlib, turnirni tark etgandi.
Italiya chempionati
22-tur
Yuventus – Parma 3:3 (1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 62 Rugani, 2:1 – 64 Barilla, 3:1 – 66 Ronaldu, 3:2 – 74 Jervino, 3:3 – 90 Jervino.
Yuventus – Perin, Joau Kanselu, Rugani, Kaseres, Spinassola, Xedira (Bentankur, 79), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Bernardeski, 46; Jan, 86), Ronaldu, Manjukich.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Galolo, Kuska (Sprokati, 86), Skossarella (Shtulas, 76), Barilla, Biabiani (Siligardi, 57), Ingleze, Jervino.
Ogohlantirishlar: Barilla (26), Skossarella (28), Jan (90).
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi