2 fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-tur bahslari doirasida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Parma»ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.
Porugaliyalik futbolchi joriy mavsumda Italiya chempionatining 22 ta uchrashuvida 17 ta gol urdi.
O‘tgan 13 yil mobaynida shu kunga qadar Turin klubidan faqatgina bir o‘yinchi bundan ko‘p gol urgan, deb xabar beradi Opta
U David Trezege bo‘lib, fransiyalik hujumchi 2005/06 yilgi mavsumda 22 turda 18 ta gol urgan. Mavsum oxiriga qadar esa David 23 ta gol urib, A Seriya to‘purarlar bahsida Luka Tonidan keyin 2-o‘rinni egallagan. Toni esa mavsumni 31 ta gol bilan yakunlagan.
13 yil avval «Yuventus» musobaqa jadvalida 91 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, «Modji ishi» tufayli chempionlikni 3-o‘yinda borayotgan «Inter» klubiga topshirgandi.
Hozirda turinliklar (60 ochko) musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Napoli»dan (51 ochko) 9 ochko ko‘p to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi