
PFL saytida "Paxtakor" bugun "Nasaf"dan Odiljon Hamrobekovni transfer qilgani va futbolchini OChL-2019 o‘tish o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritgani ma’lum qilindi. Shu tariqa "sherlar" 2017 yilning yozidan beri qarshiliklarning to‘qqizinchi futbolchisini o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
Bunga qadar Toshkent klubi "ajdarlar"dan avvaliga Eldor Suyunov va Sherzod A’zamovni, keyinchalik Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Bahrom Abdurahimov, Farrux Sayfiyev hamda Dragan Cheranni Poytaxtga chorladi. Yaqindagina esa “Nasaf”ning shuncha futbolchisini “talon-taroj” qilgan “Paxtakor” Sanjar Quvvat va Odiljon Hamrobekovni ham o‘z tomoniga og‘dirib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Akmal Shorahmedov yaqindagina Olmaliqning AGMK jamoasiga ko‘chib o‘tdi. O‘ng qanot himoyachisi Mirjalol Qosimov jamoasi safini to‘ldirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar