
“Real” klubi bosh murabbiyi Santyago Solari La Liga 23-turida “Atletiko”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi g‘alabadan (3:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– “Real” har doim sovrinlar uchun oxirigacha kurashadi. Bu tarixiy haqiqat. Hozir biz Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibmiz, ammo oldinga harakat qilishdan to‘xtamasligimiz kerak. “Atletiko”ning ham kurashni davom ettirishini bilaman. Bu jamoaning ajoyib murabbiyi bor, – deydi Solarining so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
Eslatib o‘tamiz, “qaymoqranglilar” 23-turdan so‘ng bitta o‘yin kam o‘tkazgan “Barselona”dan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar