Angliya Premer-ligasining 26-turida Londonning «Tottenhem» klubi «Lester»ni qabul qildi.
Asosiy yetakchilari Harri Keyn va Dele Allisiz qolgan bo‘lishiga qaramay, «shporlar» bu o‘yinda ham g‘alaba qozondi.
O‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlar himoyachisi Davinson Sanches hisobni ochdi.
O‘yinning 59-daqiqasida maydonga tushgan «Lester» hujumchisi Jeymi Vardi ilk harakatdayoq penalti ishladi va zarbani o‘zi ijro etdi. Ammo uning zarbasini Lloris bartaraf etdi.
Ko‘p o‘tmasdan birinchi golga pas bergan Kristian Eriksen uzoq masofadan Kasper Shmeyxel qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. 76-daqiqada esa Vardi xatosini tuzatib, hisobni qisqartirdi. Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda londonliklarning janubiy koreyalik legioneri Son Xin Min yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.
Bu g‘alaba Maurisio Pochettino shogirdlari uchun APLda qatorasiga to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi, «Lester» esa qatorasiga beshinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi - 4 mag‘lubiyat va 1 durang.
Endilikda «Tottenhem» ochkolari sonini 60 taga yetkazdi va uchinchi o‘rinda mustahkam joylashdi, jamoa turnir jadvali peshqadami «Liverpul» bilan oradagi farqni 5 ochkoga qisqartirgan. «Lester» 32 ochko bilan 12-o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati
26-tur
Tottenhem – Lester 3:1
Gollar: 1:0 – 33 Sanches, 2:0 – 63 Eriksen, 2:1 – 76 Vardi, 3:1 – 90 Son Xin Min.
Tottenhem – Loris, Sanches, Rouz (Uoker-Piters, 88), Tripper, Vertongen, Sissoko, Skipp (Alderveyreld, 71), Uinks, Eriksen, Son Xin Min, Lorente (Vanyama, 80).
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Chiluell, Rikardu Pereyra, Evans, Meddison, G‘azzol (Ixeanacho, 72), Barns (Okadzaki, 88), Grey (Vardi, 59), Ndidi, Tilemans.
Ogohlantirishlar: Son Xin Min (16), Rouz (20), Vertongen (28), Tilemans (85). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"