Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi ilk bahsidan oʻrin olgan “Manchester Yunayted” – “PSJ” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Old Trafford”da boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlar gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Birinchi boʻlim keskin va qoʻpol oʻyinga boy boʻldi. Darvozalar oldidagi xavfli vaziyatlardan sariq kartochkalar soni koʻproq boʻldi. Maydon egalari taym oxirida ikki majburiy oʻzgarishni amalga oshirishdi va bu keyingi boʻlimga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi.
Ikkinchi boʻlimni parijliklar faol boshlashdi va 53–daqiqada standart vaziyatni golga aylantirishdi. Anxel Di Mariya tomonidan burchakdan uzatib berilgan toʻpni Presnel Kimpembe yaqin masofadan darvozaga joylab qoʻydi.
Oradan koʻp vaqt oʻtmay mehmonlar ikkinchi golni ham kiritishdi. Di Mariya chap qanotdan tezlik oldi va jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda Kilian Mbappe deyarli boʻsh qolgan darvozani ishgʻol qildi.
Shundan soʻng mankunianlar bosimni oshirishga harakat qilishdi. Biroq oldingi chiziqda mezbonlar hech narsa qila olishmadi. Buning ustiga bahs yakunlanishi arafasida Pol Pogba ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.
Ushbu jamoalar oʻrtasidagi javob oʻyini 6 mart kuni Parijda boʻlib oʻtadi.
YECHL
1/8 final, ilk oʻyin
Manchester Yunayted Angliya – PSJ Fransiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 53 Kimpembe, 0:2 – 60 Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Sanches, 45), Matich, Pogba, Errera, Marsyal (Mata, 46), Reshford (Lukaku, 84).
PSJ – Buffon, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Markinos, Draksler, Verratti (Paredes, 75), Dani Alves, Di Mariya (Dagba, 81), Bernat, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (11), Draksler (19), Pogba (26), Yang (30), Bernat (34), Lindelef (50), Dani Alves (62), Errera (87), Shou (90).
Chetlatish: Pogba (89).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi