
Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi ilk bahsidan o‘rin olgan «Roma» – «Portu» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Stadion Olimpiko»da kechgan bahsda rimliklarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvda hisob 70-daqiqaga kelib ochildi, biroq shundan so‘ng o‘n daqiqa ichida tomoshabinlar uchta golga guvoh bo‘lishdi. Edin Jekoning uzatmasidan so‘ng Nikolo Dzanolo rimliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, biroz o‘tib futbolchi dublni rasmiylashtirdi.
Bunga mezbonlar 79-daqiqada Adrian Lopesning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.
«Portu» — «Roma» o‘rtasidagi javob o‘yini 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
YeChL
1/8 final, ilk o‘yin
Roma Italiya – Portu Portugaliya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 70 Dzanolo, 2:0 – 76 Dzanolo, 2:1 – 79 Adrian.
Roma – Mirante, Florensi, Manolas, Fasio, Kolarov, Kristante, de Rossi, Pellegrini (Nzonzi, 83), Dzanolo (Santon, 87), Djeko, El-Shaaravi (Klyuyvert, 90).
Portu – Kasilyas, Eder Militao, Felipe, Pepe, Telles, Otavio (Ernani, 84), Danilu Pereyra, Errera, Braimi (Adrian, 68), Soares, Fernando (Andre Pereyra, 76).
Ogohlantirishlar: Errera (74), El-Shaaravi (88).
Manba: www.uff.uz
Yevropa Chempionlar Ligasi/8 FinalRomaPortuStadion OlimpikoEdin DzekoNikolo DzanoloAdrian LopesFutbol Uchrashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar